Oliy va o’rta maxsus ta’limv azirligi O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti muassisligidagi “Filologiya masalalari” ilmiy-metodik jurnali 2002-yildan buyon bir yilda to’rt marta chop etilmoqda. Shartli bosma tabog’i 12,8. Adadi 100 nusxani tashkil etadi. Maqolalar o’zbek, rus, ingliz, olmon, fransuz va ispan tillarida beriladi. “Filologiya masalalari”  jurnalining  Nizomi O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Hay'at Majlisining 2002-yil 31-yanvardagi 1/8-sonli qarori bilan qabul qilingan.

Jurnal 2007-yil 2-fevralda O'zbekiston matbuoti va axborot agentligi tomonidan qayta ro'yxatdan o'tgan. “Filologiya masalalari” jurnali filologiya va pedagogika fanlari bo’yicha fan doktori ilmiy darajasiga talabgorlarning dissertatsiya ishlari  ilmiy natijalari yuzasidan ilmiy maqolalar e’lon qilinishi zarur bo’lgan nashrlar ro’yxatiga kiritilgan. 2007-yil aprel oyida jurnal YUNESKOning 1994 - 4233 ISSN raqamli xalqaro sertifikatini olgan.Jurnalda adabiyotshunoslik, tilshunoslik, tarjimashunoslik, jurnalistika, metodika, pedagogika va psixologiya, asliyatdan tarjimaruknlari bo’yicha respublikamizdagi yetakchi olimlar, xorijiy mutaxassislar hamda ushbuy o’nalishlarda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan katta ilmiy xodim-izlanuvchi, mustaqil izlanuvchi magistrant va talabalarning maqolalari chop etiladi.

Maqolalarda fanning dolzarb muammolari, yutuq va yangiliklari hamda bugun hal etilishi zarur bo’lgan masalalar qamrab olinadi.

“Filologiya masalalari ” jurnali tahririyati.
Bosh muharrir –Gulandom Boqieva
Bosh muharrir o'rinbosari – Mahmud Sa'diy
Mas'ul kotib – Karomat Mullaxo'jaeva
Tahrir kengashi: Laylo Ahmyedova, Dii Brouton(AQSh), Rafael Gusman(Ispaniya), Jamoliddin Yoqubov, Abbos Irisqulov, Shavkat Karimov, Stiv Maknalti(Britaniya Kengashi direktori), Elmira Muratova, Rodmonga Potapova(Rossiya), G'anisher Rahimov, Nuriddin Safoyev, Shuhrat Sirojiddinov, Boqijon To'xliyev, Shavkat Sharipov, Shuhrat Qayumov.
Tahrir hay'ati: Xurshid Do'stmuhammad, Bahrom Jo'rayev, Anatoliy Lixodziyevskiy, Baxtiyor Mengliyev, Xadicha Muhiddinova, Oynisa Musurmonova, Patxiddin Nishonov, Gulchehra Rixsiyeva, Halim Saidov, Dilfuza Teshabayeva, Iroda To'ramuratova, Nosir Qambarov, Venera Qayumova.