Maqola ikki nusxada va electron shaklda muallif tomonidan imzolangan holda topshiriladi. Maqola muallifi, hammualliflari (familiya, ismi, otasiningismi) o'zbek, rus va ingliz tillarida, tarjimaihol maqola taqdim etilayotgan tilda bo'lishi lozim. Muallifning ilmiy darajasi, unvoni, ish joyi, lavozimi, e-mail va telefon raqami berilishi lozim. 

Maqolani quyidagicha rasmiylashtirish talab etiladi: matnning elektron nusxasi MS Word dasturida, Times New Roman shriftida; shrift hajmi – 14; interval –1,5;  hoshiyaning yuqoriqismi – 3 sm, pastki qismi – 3 sm, chap tomoni – 2 sm, o'ng tomoni – 2 sm. Maqolaning mavzusi, annotatsiyasi (250-300 so’z), kalit so'zlari (10 – 15 so'z) o'zbek, rus va ingliz tillarida, matn o'zbek, rus, ingliz, ispan, nemis, fransuz tillaridan birida 6–8 betdan iborat hajmda bo'lishi lozim. Maqolada kirish, tadqiqot maqsadi, usuli va ob'ekti, natijalari, xulosa, oxirida foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati maqola ichida ko'rsatilgan tartib raqamlari asosida berilishi kerak. Masalan: [1; 25 – 26-b.].

Qo'lyozmadagi izohlar va iqtiboslar tekshirilgan bo'lib, ularning to'g'ri qo'llanishiga muallif javobgar. Oliy o'quv yurtlarining ilmiy hayoti to'g'risidagi axborotlar universitet rahbari tomonidan tasdiqlangan bo'lishi kerak. Tahririyat maqolani tahrir qilish, qisqartirish va antiplagiat programmasi asosida tahlil qilish huquqiga ega. Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan maqolalarni tahririyat qabul qilmaydi. Tahririyatga taqdim etilgan maqolalar muallifga qaytarilmaydi. Katta ilmiy xodim-izlanuvchi, mustaqil izlanuvchi va magistrant va talabalarning maqolalari ilmiy rahbar va ilmiy maslahatchining xulosasi va fan doktorining taqrizi bilan qabul qilinadi.

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLARNING KELTIRILISH TARTIBI

1. Kitob va turkum nashrlari: 

1.1. Birtomlik kitoblar, monografiyalar, darsliklar, maqolalar to'plamlari

Jalolov J. Chet tilo’qitishmetodikasi. – Toshkent: O’qituvchi, 2012. – 430 b. 

1.2. Ko'p tomlik kitoblar: 

a) butun manbaga havola: 

O'zbek tilining izohli lug'ati. 5 jild/ A. Madvalievtahririostida. – Toshkent: O'zbekistonmilliyensiklopediyasi, 2006 – 2008.

b) alohida tomning tavsifi: 

Alisher Navoiy. Majolis un-nafois. Asarlar. O'n besh tomlik. – Toshkent: O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Fan” nashriyoti, 1997. – 13-tom. – 300 b. 

2. Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferati

Jo'raeva N.G. O'zbek mumtoz she'riyatida bayt va uning poetikasi. Filol.fan.nom. ... dis avtoref. – Toshkent: 2004. – 22 b. 

3. Jurnallardagi maqolalarga havolalar

Mullaxo'jaeva K. Qo'lyozmalar so'zlagan haqiqat// Filologiya masalalari. – Toshkent, 2013. – № 4. – B. 8 – 16.

4. Ilmiy ishlar to'plamlariga havolalar

Yoriev O'.Tarjimada mualliflik huquqi/ Internetda mualliflik huquqi// O'Zdjtu Ilmiy ishlar to'p. – Toshkent, 2006. – B.70 – 74. 

5. Simpozium va konferentsiya ishlariga havolalar

Safarova I.Z. Chet tilini o'qitishda kommunikativ va interfaol texnologiyalarning ahamiyati// Xorijiy tillarni o'qitishning zamonaviy texnologiyalari: Respublika ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari. – Toshkent:O'zDJTU, 2013. – B. 167 – 169.